Qurilish sohasi xodimlari kuni – mamlakatimiz taraqqiyotida beqiyos o‘rin tutuvchi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik timsoli bo‘lgan kasb egalari bayrami sifatida 2017-yildan buyon avgust oyining ikkinchi yakshanbasida keng nishonlab kelinmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent davlat agrar universitetida ham ushbu kasb fidoyilari uchun iliq va samimiy bayram tadbiri tashkil etildi. Mehnat fidoyilari sharfiga yozilgan bayram dasturxoni atrofida ularning yillar davomida universitet infratuzilmasini rivojlantirish, yangi binolarni barpo etish va mavjudlarini zamonaviy talablarga moslashtirishdagi o‘rni yodga olindi. Tadbir yakunida Universitet rektori N. Oblomuradov namunali mehnat qilayotgan bir qator ishchilarga esdalik sovg‘alari topshirdi.
Toshkent davlat agrar universitetida Quruvchilar kuni munosabati bilan fidoyi mehnat egalari sharaflandi
13 Avgust 2025


