logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xalqaro reyting

1. Sizning muassasangizda joriy tenglik, xilma-xillik va inklyuziya (EDI) siyosati mavjudmi?
Toshkent davlat agrar universiteti o‘z faoliyatida barcha talaba va xodimlarga teng imkoniyatlar yaratish, ularning kelib chiqishi, jinsi, yoshi, nogironlik holati, diniy e’tiqodi yoki ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, adolatli munosabatda bo‘lish tamoyiliga amal qiladi. Universitet jamoasi turli hududlardan, millat va madaniyat vakillaridan tashkil topgan bo‘lib, bu xilma-xillik o‘quv va ilmiy muhitning boyishiga xizmat qiladi. Har bir a’zo o‘zini erkin, hurmat qilinadigan va qadrlanadigan shaxs sifatida his qilishi uchun inklyuziv muhit yaratiladi. Nogironligi bo‘lgan talabalar va xodimlar uchun qulay infratuzilma, moslashtirilgan o‘quv materiallari hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ta’lim jarayonida, ilmiy loyihalar va ijtimoiy tadbirlarda barcha ishtirokchilarga adolatli mezonlar asosida baho beriladi, keng qamrovli ishtirok imkoniyati ta’minlanadi. Mazkur yondashuv universitetning ichki nizomlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida olib borilib, har bir talaba va xodimning salohiyatini to‘liq namoyon etishiga sharoit yaratishga qaratilgan.
2. Nogironlar uchun yordam xizmatlarini taklif qilasizmi?
Toshkent davlat agrar universitetida nogironligi bo‘lgan talabalar va xodimlar uchun yordam xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular ta’lim jarayonida teng ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan. Universitet binolarida panduslar, maxsus kirish yo‘laklari va moslashtirilgan sanitar xonalar mavjud. Ko‘rish yoki eshitish qobiliyati cheklangan talabalar uchun moslashtirilgan o‘quv materiallari, zarurat bo‘lsa, individual yordamchi vositalar taqdim etiladi. Shuningdek, psixologik qo‘llab-quvvatlash xizmati va mas’ul koordinatori orqali nogironligi bo‘lgan talabalar o‘z muammolari bo‘yicha maslahat va yordam olishi mumkin. Barcha choralar ularga o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun qulay va inklyuziv muhit yaratishga qaratilgan.

Talabalar turar joylarida yashovchi nogironligi bo‘lgan talabalar
uchun birinchi qavatida alohida xonalar ajratilgan.

3. Siz mahalliy hamjamiyat uchun ta’lim loyihalarini (ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot xizmatlari, o‘qish, jamoatchilikni jalb qilish, o‘quv qo‘llanmalari) taklif qilasizmi, boshqarasizmi yoki yetkazib berasizmi?
Toshkent davlat agrar universiteti mahalliy hamjamiyat uchun turli yo‘nalishlarda ta’lim va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshiradi. Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari, fermerlar uchun maslahat va treninglar, ekologiya va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Sog‘liqni saqlash yo‘nalishida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi seminarlar va tibbiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi. Axborot xizmatlari sifatida, mahalliy aholiga zamonaviy agrotexnologiyalar, bozor yangiliklari va qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida ochiq ma’lumot beriladi. Universitet hududidagi kutubxonalar, o‘quv qo‘llanmalari va elektron resurslar hamjamiyat a’zolari uchun ham ochiq bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish va bilim almashishni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar jamoatchilik tadbirlarida faol qatnashib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududda ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qiluvchi loyihalarni boshqaradi va yetkazib beradi.
4. Siz kampusda yoki mahalliy sog‘liqni saqlash va farovonlik xizmatlarini taqdim qilasizmi?
Toshkent davlat agrar universitetida talabalar va xodimlar salomatligi hamda farovonligini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Kampus hududida tibbiyot bo‘limi faoliyat yuritib, birinchi tibbiy yordam, profilaktik ko‘riklar va zaruriy davolash xizmatlarini ko‘rsatadi. Talabalarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi seminar va treninglar o‘tkaziladi, sport zallari, stadion va ochiq maydonlar jismoniy faollikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Psixologik maslahat xizmati mavjud bo‘lib, talabalar va xodimlar ruhiy salomatlik bo‘yicha bepul va maxfiy yordam olishi mumkin. Shuningdek, universitet mahalliy sog‘liqni saqlash muassasalari bilan hamkorlik qilib, talaba va xodimlarning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tishi hamda sog‘liqni saqlash bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar olishini ta’minlaydi. Barcha choralar universitet jamoasining sog‘lom, faol va ijtimoiy jihatdan barqaror hayot kechirishi uchun amalga oshiriladi.

5. Talabalar shaharchasida xilma-xillik, tenglik, inklyuzivlik va inson huquqlari bilan bog'liq siyosatlar, dasturlar va treninglar bo'yicha maslahat berish va amalga oshirish uchun ma'muriyat yoki boshqaruv organi tomonidan topshirilgan tenglik, xilma-xillik va inklyuziya qo'mitasi, idorasi yoki xodimi (yoki unga tenglashtirilgan) bormi?
Toshkent davlat agrar universitetida talabalar shaharchasida xilma-xillik, tenglik, inklyuzivlik va inson huquqlariga oid siyosatlarni amalga oshirish hamda tegishli dastur va treninglarni tashkil etishda mas’ul bo‘lgan ma’muriy tuzilmalar mavjud. Bu yo‘nalishdagi ishlar odatda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi, Xotin-qizlar kengashi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda olib boriladi. Ushbu bo‘lim va kengashlar universitet jamoasida inklyuziv muhit yaratish, kamsitishning oldini olish, inson huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi, talabalar va xodimlarga maslahat beradi. Zarurat bo‘lganda, maxsus seminar va treninglar tashkil etilib, talabalarning huquqiy savodxonligi, madaniy xilma-xillikni qadrlash va teng imkoniyatlar masalalarida bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. Mazkur faoliyat universitet rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida olib borilib, mas’ul xodimlar va fakultet koordinatori orqali muntazam nazorat qilinadi.
6. Tashkilotingiz yaxlit axloqiy tashkiliy madaniyatni qo‘llab-quvvatlaydimi va yordam beradimi?
Toshkent davlat agrar universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respubilkasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 271-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni kelib chiqish sabab-omillarini aniqlash va bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini kompleks takomillashtirish hamda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida universitet rektorining buyrug‘i qabul qilingan.
Toshkent davlat agrar universiteti o‘z faoliyatida yaxlit axloqiy tashkiliy madaniyatni qo‘llab-quvvatlaydi va uni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Universitetda halollik, adolat, mas’uliyat va o‘zaro hurmat tamoyillari barcha ta’lim, ilmiy va ma’muriy jarayonlarda ustuvor hisoblanadi. Talabalar va xodimlar o‘rtasida axloqiy me’yorlarga rioya etish, korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xizmat vazifalarini halol bajarish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib boriladi. Ma’naviyat va ma’rifat tadbirlari, axloqiy-psixologik treninglar hamda ichki nazorat mexanizmlari orqali universitet jamoasida sog‘lom, halol va ijobiy muhit shakllantiriladi. Rahbariyat va mas’ul bo‘limlar xodimlar va talabalar murojaatlarini tinglab, ularni axloqiy jihatdan to‘g‘ri yechim topishga yo‘naltiradi, shuningdek, har bir a’zoning o‘zini qadrlangan va hurmat qilingan holda his qilishi uchun qulay sharoit yaratadi.
7. Universitetingizda talabalar uyushmasi bormi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” PF-5106-son Farmoni, 2017-yil
18-iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3138-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-martdagi 6-q/q-son hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil
29-martdagi 1-q/q-sonli “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori, Toshkent davlat agrar universiteti Mehnat jamoasining 2024-yil 17-apreldagi umumiy yig‘ilishi 2-bayoni bilan maqullangan 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan “Jamoa shartnomasi”ning
8-ilovasi, Universitet Yoshlar kengashining 2025-yil 25-martdagi 1-sonli bayoniga muvofiq Yoshlar Ittifoqi koordinatorlari tarkibi universitet rektorining buyrug‘I bilan tasdiqlangan.
Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti faoliyat yuritib, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishiga ko‘maklashmoqda. Ushbu tashkilot 6 ta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat olib boradigan koordinatsion tuzilishga ega bo‘lib, har bir yo‘nalish talabalarning manfaatlarini ko‘zlagan holda turli loyihalar va tadbirlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, universitet tarkibidagi 7 ta fakultetda Yoshlar ittifoqining alohida koordinatori faoliyat yuritadi. Ular fakultet miqyosida yoshlarni jalb etgan holda ma’naviy-ma’rifiy, sport, madaniy, ijtimoiy va ekologik yo‘nalishlarda muntazam ish olib boradi. Tashkilot tomonidan talabalarning qiziqishlarini hisobga olgan holda “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Biz giyohvandlikka qarshimiz!”, “Art Karavan Agro”, “Ma’naviyat bulog‘i”, “Rektor kubogi” kabi loyihalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali yoshlarning bilim va iste’dodi namoyon bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratiladi. Faoliyat “5 muhim tashabbus” asosida tashkil etilgan bo‘lib, madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Shuningdek, universitetda talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Qalqon” nomli jamoatchilik guruhi tuzilgan bo‘lib, bu guruh faol va ongli talabalar ishtirokida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Yoshlar ittifoqi nafaqat talabalar hayotini mazmunli tashkil etish, balki ularni kelajakda yetuk mutaxassis va jamoatchi sifatida shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
8. Sizning muassasangiz yillik umumiy yig‘ilishda qabul qilingan qarorlarni omma oldida baham ko'radimi?
Toshkent davlat agrar universitetida yillik umumiy yig‘ilishlarda qabul qilingan muhim qarorlar va natijalar odatda ochiq shaklda e’lon qilinadi. Qarorlar universitet rasmiy veb-sayti, axborot stendlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar hamda matbuot anjumanlari orqali jamoatchilikka yetkaziladi. Shuningdek, talaba va xodimlar yig‘ilish bayonnomalari va qarorlar bilan universitetning ichki axborot tizimlari yoki dekanatlar orqali tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu ochiqlik tamoyili rahbariyatning faoliyatiga nisbatan ishonchni oshirish, talabalar va xodimlarning o‘zini universitet boshqaruv jarayonining muhim qismi sifatida his qilishiga xizmat qiladi.
9. Universitetingiz boshqaruv organida talabalar vakilligi bormi?
Toshkent davlat agrar universiteti boshqaruv tuzilmalarida talabalar vakilligi mavjud bo‘lib, ular universitetning muhim masalalarini muhokama qilish va qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etadilar. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi va fakultet kengashlari orqali boshqaruv organlariga taklif va tashabbuslarini bildiradilar. Shuningdek, ayrim komissiyalar va ishchi guruhlarda talabalar faollari a’zo sifatida qatnashib, ta’lim sifati, ijtimoiy sharoitlar, madaniy va sport hayotini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradilar. Bu ishtirok talabalarga universitet hayotiga bevosita ta’sir qilish, rahbariyat bilan hamkorlik qilish va boshqaruv jarayonida tajriba orttirish imkonini beradi. Shuningdek Universitet Yoshlar yetakchisi hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari universitet rektorining maslahatchisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikası Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-martdagi 6-q/q-sonli hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 29-martdagi 1-Q/Q-sonli “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-apreldagi 03/15-262-sonli, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yil 4-apreldagi 04-13/275-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida farmoyish qabul qilingan. 2025-yil 25-martdan jamoatchilik asosida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining
Toshkent davlat agrar universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisı (Asos: 2025-yil 25-martdagi 1-sonli Yoshlar kengashi bayoni) universitet rektorining Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi deb hisoblansin.
Oliy ta’lim muassasalarida “Oliy ta’lim muassasi beshligi”ni tashkil etish hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi Qo‘shma qarorga asosan “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari universitet rektor maslahatchisi deb hisoblansin.

Toshkent davlat agrar universiteti rektorining
2024-yil 13 – apreldagi
1-9-6/137-son buyrug‘iga 1-ilova
Toshkent davlat agrar universitetining korrupsiyaga qarshi kurashish SIYOSATI
 
1. bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Siyosat Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi o‘rinlarda – universitet)da halollik siyosatini ta’minlash, ya’ni xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, xodimlarning faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasiz munosabatda bo‘lishi va ularni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikni qo‘llab-quvvatlashini ifodalaydi.
Mazkur Siyosat ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Universitet mazkur Siyosatga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini mavjud bo‘lgan korrupsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari shart.
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
Universitetda korrupsiyaga to‘liq barham berilishiga erishish;
Talabalar va xodimlarning sohada huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
Universitetda korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish, uning oqibati, sabab va omillarini bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jazoning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash.
Mazkur Siyosat universitetning ichki hujjati sifatida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun universitetda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.
Mazkur Siyosat talablari egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qat’iy nazar universitet bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha xodimlarga, shu jumladan, Tizim tashkilotlari xodimlariga ham tadbiq etiladi.

Universitetga ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs mazkur Siyosat bilan imzo qo‘ygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.
Mazkur Siyosat maqsadlarida quyidagi asosiy tushuncha va atamalar qo‘llaniladi:
aloqador shaxslar – xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno;
ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari – universitet xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab- quvvatlashga aloqador xarajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.;
korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi, shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
korrupsiyaviy xavf-xatar – universitet xodimlari yohud uchinchi shaxslar tomonidan universitet nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;
korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish – universitet xodimlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida rusxat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llagan murojaat;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi – qo‘llaniladigan amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, universitet xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;
korrupsiyaviy harakatlar – xodim tomonidan boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani ya’ni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa   mol-mulklar,   mulkiy   tusdagi   xizmatlar,   boshqa   moddiy va nomoddiy turdagi mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, va’da qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;

kontragent (shartnomaviy sherik) – universitet bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;
manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan universitet tashkilotlari manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;
rasmiyatchilikni soddalashtirish uchun to‘lovlar – belgilangan tartib- taomillar bajarilishini ta’minlash yoki tezlashtirish, tegishli qonunchilik, normalar va qoidalarda nazarda tutilmagan harakatlar sodir etish uchun g‘ayriqonuniy ravishda beriladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar va boshqa moddiy yoki nomoddiy naf;
xodim – universitet bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;
xodimning shaxsiy manfaatdorligi – universitet xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);
yaqin qarindoshlar – ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari;
bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari
Universitet korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:
fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik – Universitet o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda o‘z faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadi;
korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi – korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan Universitet xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar universitet ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;
korrupsiyaga toqatsizlik – universitet faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi. Xodimlarning har qanday korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi taqiqlanadi;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish  –  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni amalga oshirish

natijalariga ko‘ra universitet korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda oshirish choralarini ko‘radi;
ochiqlik va shaffoflik – universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida xodimlar va kontragentlar, shu jumladan keng jamoatchilikni xabardor qilib borish;
preventivlik – universitet korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf vujudga kelishiga sabab bo‘ladigan shart-sharoit hamda omillarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi;
tizimlilik – korrupsiyaga qarshi kurashish universitet faoliyatining barcha yo‘nalishlarida tizimli ravishda amalga oshiriladi;
texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish – universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish – universitetning har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi to‘g‘risida ishonchli va asosli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun to‘sqinliksiz o‘z rahbari va rektorga murojaat qilishi mumkin;
qonuniylik – universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora- tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda universitetda belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining elementlari
Korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda universitetning barcha xodimlariga korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti- harakatlarda ishtirok etishi, qonunga xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.
Quyidagilar universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi asosiy elementlari hisoblanadi:
 
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo‘yicha   asosiy   ichki   hujjatlar mavjudligi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini:
mazkur Siyosat;
universitet xodimlarining odob-axloq qoidalari;
universitetda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom; universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida ishlab chiqilgan
ichki idoraviy xujjatlar va ularda aks ettirilgan tamoyillar va talablar tashkil etadi.
“Yuqoridan quyiga munosabat” – Yuqori darajada rahbarlik namunasi.

Universitet rektori va prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimini yaratish va amalga oshirishda quyidagilar orqali yetakchilikni namoyish etadilar:
Universitet rahbariyati xodimlarga oliy rahbarlik namunasini ko‘rsatish;
Universitet rahbariyati bo‘ysunuvidagi xodimlar, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli hamda namunaviy xulq-atvorga ega bo‘lishlari orqali ularda korrupsiyaviy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
Universitet faoliyatida korrupsiyaviy xavf mavjud vazifalar, sohalar va funksiyalarni boshqarishda samarali chora-tadbirlar va tartiblarni joriy etishda, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini (yo‘l xaritasini) ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orqali ko‘maklashish;
o‘z lavozim majburiyatlarini bajarish doirasida, universitet xodimlarida korrupsiyaning                                                              barcha                                       shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy nigilizm, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, amaldagi qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish;
v) korrupsiyaga qarshi kurashish uchun mas’ul shaxslar va bo‘linmalar.
Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavfni aniqlash va baholash universitetning Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tizimli ravishda amalga oshiriladi.
Mazkur jarayonga tizim tashkilotlari rahbarlari hamda boshqa taalluqli mas’ul hodimlar ham faol jalb etiladi.
Universitetning Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda - Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi) o‘z vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini rektor tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiradi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda universitetning xodimlar bilan ishlash boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Xodimlar boshqarmasi) manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan tartibda va hajmda xodimlar va aloqador shaxslarning yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va tizimli yig‘ish, tahlil qilish va yangilab borish uchun javobgar bo‘ladi;
Universitetning odob-axloq komissiyasi xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Xodimlar boshkarmasidan kelib tushgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va (manfaatlar to‘qnashuvi tartibga solinmagan taqdirda) uni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi yoxud yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, universitet tomonidan belgilangan odob- axloq qoidalariga rioya qilinishi masalalarini Xodimlar boshkarmasi ko‘rib chiqadi.

Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida Xodimlar boshqarmasi va Odob- axloq komissiyasi universitetda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom asosida ish yuritadi;
g) korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash.
Universitet xodimlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishini hisobga olgan holda, faoliyatida yuzaga kelish ehtimoli va ta’sir qilish darajasidan qat’i nazar korrupsiyaviy xavflarni boshqarish zaruratini tan oladi;
Universitet faoliyatining barcha yo‘nalishlari korrupsiyaviy xavfga ko‘proq uchraydigan funksiyalarni aniqlash maqsadida tizimli tahlildan o‘tkaziladi.
Shunga ko‘ra, universitetda bajarayotgan funksiyalariga xos hamda boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq korrupsiyaviy xavfni aniqlaydi va baholaydi.
korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash jarayonida Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshchiligi va nazorati ostida universitet raxbarlari hamda mas’ul xodimlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi shaxslar ishtirok etadi;
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Baholash natijalari rektor tomonidan ko‘rib chiqiladi;
Aniqlangan xavflarni boshqarish, minimallashtirish hamda uning asosiy omillarini bartaraf etish choralari universitetning korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlari, ish rejalari yoki dasturlarida aks ettiriladi.
aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtirishga qaratilgan choralar:
Universitet o‘z faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish, umumiy nazorat muhitini yaratish va korrupsiyaga qarshi kurashish tartib- taomillarini o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning kompleks tizimini joriy etadi.
Universitet korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish va tartib- taomillarning samaradorligi, jumladan, ularning aniqlangan xavf-xatar darajasiga mutanosibligi, o‘z xodimlari uchun qat’iyligi va aniqligi, keng jamoatchilik uchun shaffofligini ta’minlashga intiladilar.
Amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat choralari va tartib-taomillar universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarida (chora-tadbir, ish reja, yo‘l xaritasi)da aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlarda belgilanadi.
axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va talablari haqida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida,                                                            mazkur                                          Siyosat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar universitetning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi;

Xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari bilan tanishtirish maqsadida:
universitet xodimlarini yiliga kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari bo‘yicha doimiy va tizimli o‘qitish, shu jumladan, ishga yangi qabul           qilingan                         xodimlarni            mazkur                     Siyosat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa ichki hujjjatlar bilan majburiy tartibda tanishtirish bilan birgalikda ularni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majburiy kurslarda o‘qitiladi. Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun tuzilmalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim dasturlari belgilanadi. O‘tkazilgan o‘qish (treninglar) haqidagi ma’lumotlar universitet Xodimlar boshkarmasida qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi;
universitet xodimlari va talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida audio va videoroliklar hamda boshqa axborot ma’lumotlaridan foydalangan holda profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi;
Universitet xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy holatlar haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari tashkil qilinadi;
Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ullar mazkur Siyosat qoidalarini qo‘llash, korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollar kelib chiqqanda universitet xodimlariga maslahatlar beradi;
Universitet xodimlarining mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari kiritiladi;
xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishda lozim bo‘lgan xulq- atvorni shakllantirish yuzasidan tashviqotlar o‘tkaziladi;
kontragentlarni korrupsiyaga qarshi kurashish qabul qilingan talablar va tamoyillar haqida, shu jumladan, ular bilan tuziladigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shartlarni kiritish to‘g‘risida xabardor qiladi va h.k.;
g) monitoring, nazorat va hisobot:
Universitetning Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning yetarliligi, mutanosibligi va samaradorligini baholaydi hamda doimiy monitoringini olib boradi. Monitoring natijalari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.
universitetda monitoring va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:
ichki va tashqi omillarning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ta’sirini tahlil qilish;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash;

samarasiz tartib-taomillarni aniqlash, tegishli o‘zgartirishlar kiritish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida tanlov asosida funksiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish;
ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida universitet xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;
Tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ullar boshqa tarkibiy tuzilmalarga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish va h.k.
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish va monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari universitet ilmiy kengashlari majlislarida muhokama qilinishi mumkin.
z) huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish:
Mazkur Siyosatga va universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish chora- tadbirlariga rioya qilish har bir xodim uchun majburiydir. Xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarni buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi. Universitet raxbarlari o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish uchun mas’ul hisoblanadi.
Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  belgilangan  talablar,  tartib va tamoyillarni buzgan universitet xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va asoslarda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xodimlar ularni korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etishga undovchi shaxslarning har qanday murojaatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida o‘ziga ma’lum bo‘lgan har qanday faktlar haqida o‘z rahbarlariga va universitet Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga yoki huquqni muxofaza qiluvchi organlarga xabar berishlari shart.
Universitet xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishlari bilan bog‘liq har qanday asosli shubha bo‘yicha xizmat tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq va ichki hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari, mazkur Siyosat va boshqa ichki hujjatlarida belgilangan korrupsiyaga qarshi talab va tartib-taomillarni buzgan universitet xodimlari, ularning lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda universitetning ichki idoraviy hujjatlarida belgilangan normalarga asosan javobgarlikka tortiladilar.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar va shart-sharoitlar tahlil qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.
Universitet , shu jumladan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi va korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ullar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va tekshirishda, vakolat doirasida huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.
bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari 1-§. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish
Universitet xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish va universitet manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zlarining xizmat mavqeidan va universitetning mol-mulkidan foydalanmaslik va manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim.
Universitet xodimlari o‘zlarining xizmat majburiyatlarini lozim darajada va xolis bajarishlariga, jumladan, xolis qaror qabul qilishga hamda universitetning huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki va (yoki) nufuziga ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi.
Universitetning har bir xodimi xizmat vazifalarni bajarish chog‘ida vujudga kelgan yoki vujudga kelishi ehtimoli mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘zining bevosita rahbariga zudlik bilan xabar berishi shart.
Universitetning xodimlari ishga qabul qilinishida, boshqa lavozimga o‘tkazilishida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligi haqidagi ma’lumotlarni har yili va tegishli vaziyatlar/holatlar yuzaga kelishiga qarab oshkor qilishga majburdirlar. Universitet xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish va uni hal qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ichki idoraviy xujjatlar asosida tartibga solinadi.
§. Sovg‘alar va ish jarayonida mehmondo‘stlik belgilari
Universitet xodimlariga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish jarayonida mehmondo‘stlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi.
Xodimlar tomonidan rasmiy delegatsiyalar tarkibida, rasmiy tadbirlarda, jumladan, xorijiy xizmat safarlarida olingan sovg‘alarning tasarruf qilinishi Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 13 martda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3425) hamda ichki idoraviy xujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Universitet xodimlariga ularning shaxsi bilan bog‘liq bayram kunlarida (tug‘ilgan kun, nikoh qurish, farzand tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni va hokazo) berilgan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sovg‘alar - xodimning shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alar deb tan olinadi.
Bunday sovg‘alarni berishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: sovg‘alar kamida uch nafar xodimlar ishtirokida berilishi;
sovg‘a berish jaryoni tabrik nutqi bilan birga bo‘lishi, unda sovg‘a berishga sabab bo‘lgan voqea o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lishi;
sovg‘aning umumiy qiymati (barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda) 4 (to‘rt) bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi;
bir xodimning boshqa xodimga sovg‘a uchun sarflaydigan xarajat summasi, har bir holatda 1 (bir) bazaviy hisoblash miqdordan oshmasligi kerak.
Universitet xodimlariga shaxsi bilan bog‘liq bayram kunlari (Siyosatning 14-bandida qayd etilgan) munosabati bilan ham boshqa davlat idoralari, jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday ko‘rinishda sovg‘alar, boshqa moddiy boylik va nomoddiy qimmatliklarni olishi taqiqlanadi.
Universitet nomidan xalqaro konferensiyalarda, simpoziumlarda va boshqa ishbilarmonlik (xizmatga oid) yig‘ilishlarda sovg‘alar berish universitet rektorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Sovg‘ani qabul qilishning qonuniyligi to‘g‘risida shubha tug‘ilgan har qanday hollarda xodim universitet korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ullarga maslahat so‘rab murojaat qilishi lozim.
§. Xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga o‘tkazish, moddiy rag‘batlantirish
Xodimlarni tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini to‘lash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis bo‘lib, mazkur Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq kelishi lozim.
universitetda rahbar va xodimlarni mukofotlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan, ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Mazkur ko‘rsatkichlar xolis, oshkora hamda tizim xodimlari tomonidan ko‘rib chiqish imkoniyati ta’minlangan bo‘lishi shart.
§. Tekshirishlarni o‘tkazish va faoliyatni o‘rganish
Turli   xil   tekshirishlarni   o‘tkazish   hamda   (keyingi   o‘rinlarda   – “Tekshirish ob’ektlari”) faoliyatini o‘rganishda universitet xodimlari:
manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;
ob’ektni    tekshirish    yoki    o‘rganish    bir    xodim   tomonidan    amalga oshirilmasligi;
sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni soxtalashtirish uchun tekshirish ob’ekti vakillarining yetarli bilimga ega emasligidan foydalanib qonun

hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilmasligi, ularni aniqlangan faktlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish bilan qo‘rqitmasligi;
tekshirilayotgan ob’ektning xodimlariga tahdid qilmasligi;
tekshirish predmetiga kirmaydigan masalalar bilan qiziqmasligi va ortiqcha hujjatlarni so‘ramasligi.
tekshirish davomida aniqlangan har bir huquqbuzarlik holatlariga qonuniy va professional baho berishi;
agar tekshirish ob’ekti vakillari xodimlarga aniqlangan qonunbuzarliklarni yashirish uchun pora va (yoki) biron-bir moddiy qimmatlik yoki xizmatlarni taklif qilsa, tekshirish guruhi rahbarlari universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimini darhol xabardor qilishlari;
tekshirish ob’ekti vakillariga nisbatan axloqiy xulq-avtor tamoyillariga muvofiq xolis munosabatda bo‘lishlari shart.
O‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha universitet tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan kelib tushgan e’tirozlarni ko‘rib chiqish uchun komissiya tashkil etiladi.
§. Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar
universitet mazkur Siyosatning tamoyillari va talablariga zid bo‘lgan har qanday to‘lovlar va (yoki) shu kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi mahsulot yetkazib beruvchilarni, pudratchilarni va boshqa uchinchi tomonlarni jalb qilmaydilar.
universitet kontragentlar bilan munosabatlarda qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladilar. universitetda tanlashning xolis mezonlaridan foydalanishga asoslangan, mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa kontragentlarni tanlab olishning haqqoniy, ochiq va shaffof jarayoni, shuningdek sotib olinadigan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) qiymatini belgillashning shaffof tartibi joriy etilib, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va uiversitetning ichki idoraviy hujjatlari bilan tartibga solinadi
universitet kontragent bilan o‘zaro hamkorlikda:
Kontragentlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq potensial kontragentning ishonchliligini, shu jumladan o‘tmishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir qilganligi yoki qilmaganligi, universitet xodimlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini tekshiradilar;
potensial kontragentni (tanlov, tender g‘olibini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid kontragentini) ular bilan tuziladigan shartnomalar matniga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni qo‘shish orqali, o‘zining korrupsiyaga qarshi tamoyillari va talablari haqida xabardor qiladi.
§. Xayriya va homiylik faoliyati
universitet qonunda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiylikni qabul qilishlari  mumkin.  Bunday  yordamni  olgan  paytda  universitet  manfaatlar

to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, mablag‘larni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini ta’minlashi shart, shuningdek bu haqda o‘zining rasmiy veb-saytlari orqali jamoatchilikka oshkor qilishi mumkin.
universitet tomonidan qabul qilinayotgan xayriya va homiylik yashirin mukofot tarzida bo‘lmasligi va universitetning alohida xodimlari tomonidan xayriya qiluvchi yoki xomiy, ularga aloqador shaxslar hamda xayriya qiluvchi yoki xomiyning shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan shaxslar foydasiga qaror qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
§. Universitet faoliyatini videotasvirga olish va translyatsiya qilish
universitet xodimlarining faoliyatini nazorat qilish uchun yo‘laklar va xizmat xonalarida video va audio yozuv kameralari joylashtiriladi, ularning yozuvlari universitetning mas’ul xodimlari tomonidan doimiy ravishda kuzatib boriladi.
universitetning rasmiy veb-saytlariga korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan ayrim jarayonlarning onlayn translyatsiyalari joylashtirilishi mumkin (xodimlar bilan suhbat o‘tkazish va ularni sinovdan o‘tkazish, komissiya yig‘ilishlari va boshqalar).
§. Ichki idoraviy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Ichki idoraviy xujjatlarni ularda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
§. Xodimlarga maslahat berish
universitet xodimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonun xujjatlari, mazkur Siyosat qoidalari yoki universitetda ishlab chiqilgan boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollar bo‘yicha o‘zlarining rahbarlari, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimlari hamda universitetning ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.
bob. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish
universitet xodimlari va boshqa shaxslar, agar ularda boshqa idoralar xodimlari xatti-harakatlarining qonuniyligi va (yoki) odob-axloqqa muvofiqligi to‘g‘risida shubha tug‘ilsa, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga gumon yoki sodir etilganligi faktlari bo‘lsa, ular bu haqda universitetning foydalanish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin.
universitet o‘z vakolatlari va mavjud imkoniyatlari doirasida huquqbuzarlik to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bergan shaxsning maxfiyligini ta’minlaydilar (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
universitet o‘z xodimlarining manfaatlarini himoya qiladilar va qasos olishga qaratilgan harakatlarga, shu jumladan ishdan bo‘shatish, lavozimni pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish, universitetning boshqa xodimlarining shubhali harakatlari yoki ular tomonidan mazkur Siyosatning korrupsiyaga qarshi

talablarini buzish ehtimoli haqida xabar bergan shaxslarni ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini kafolatlaydilar.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish mumkin:
universitet tomonidan o‘rnatilgan ishonch telefon raqamlari; universitetning telegram tarmog‘idagi kanallari; universitetning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan shakllar; universitetning elektron pochta manzillari;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqni muhofaza qilish organlari.
universitetga kelib tushgan barcha xabarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va universitet ichki hujjatlariga muvofiq mas’ul bo‘limlar yoki xodim tomonidan xolis tarzda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi.
Anonim yuborilgan xabarlarda qayd etilgan holatlar bo‘yicha qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan dastlabki o‘rganish amalga oshiriladi.
Qayd etilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashabbusi bilan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
universitet xodimlari tomonidan korrupsiyaviy holat haqida qasddan yolg‘on ma’lumot taqdim etilishi universitet odob-ahloq qoidalarining buzilishi deb baholanadi va ichki idoraviy hujjatlarga muvofiq tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llaniladi.
universitetda korrupsiya faktlari to‘g‘risida vijdonan xabar bergan xodimlar, agar bu ma’lumotlar tasdiqlanadigan bo‘lsa, belgilangan tartibda rag‘batlantirilishi mumkin.
bob. Javobgarlik
Mazkur Siyosat talablari universitetning barcha darajadagi rahbar va xodimlari uchun majburiy xarakterga ega bo‘lib, ular mazkur Siyosat va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmagan, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ygan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
 
bob. Yakuniy qoidalar
Mazkur  Siyosat  quyidagi  hollarda  qayta  ko‘rib  chiqilishi va unga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin:
korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi siyosat va tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini kelib chiqqanda;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi o‘zgarganda;
tahlillar natijasida samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va universitet faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tug‘ilganda;

universitetning    tashkiliy    tuzilmasi   va    (yoki)    vazifalarning    bajarish xususiyatlari va boshqalar o‘zgarganda.

Siz mahalliy hamjamiyat uchun ta'lim loyihalarini (ta'lim, sog'liqni saqlash, axborot xizmatlari, o'qish, jamoatchilikni jalb qilish, o'quv qo'llanmalari) taklif qilasizmi, boshqarasizmi yoki yetkazib berasizmi?
Universitetda  2024-2025 o‘quv yilda talabalarga talim bo’yicha  turli talim loyhalarini yetkazish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, jumladan 12 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 14 ta xorijiy adabiyot va o’quv qo’llanmalar tarjima qilingan hamda  chop etishga taqdim etildi.
 Dunyoning TOP-300 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari asosida 11 ta ta’lim yo‘nalishi va 20 ta magistratura mutaxassisliklariga oid o‘quv rejalariga 131 ta yangi fan kiritilib, 242 ta fan o‘quv dasturlaridagi mavzular takomillashtirildi hamda 11 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining malakaviy amaliyotlari amaldagi 22 xaftadan 29 xaftaga oshirildi.
 2024/2025-o‘quv yilida 3 ta ta’lim yo‘nalishlar Germaniyaning ASIIN-xalqaro akkreditatsiya tashkiloti hamkorligida Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Contact Us

Have questions or want to collaborate? Email us at:
sustainability@tsau.uz

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.