logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa:Talabalar uchun yangi maskan – Toshkent davlat agrar universitetida zamonaviy turar joy foydalanishga topshirildi

view 208

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti hududida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-sonli qarori ijrosi doirasida davlat–xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan yangi 550 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Yangi bino 5 qavatdan iborat bo‘lib, barcha zamonaviy qulayliklarga ega. Bu yerda talabalar uchun o‘quv xonalari, kutubxona, sport va madaniyat uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, “Besh muhim tashabbus” doirasida xonalar zamonaviy kompyuterlar, tikuv mashinalari, sport anjomlari, musiqa asboblari va badiiy adabiyotlar bilan jihozlandi.

Loyiha qiymati 34 mlrd 454,1 mln so‘mni tashkil etdi. Shundan 12 mlrd so‘m Davlat tomonidan subsidiyalar ko‘rinishida ajratildi, qolgan qismi esa davlat–xususiy sheriklik asosida “NEW-BREND-HOUSE” MCHJ tomonidan moliyalashtirildi. Mazkur turar joy talabalarning samarali ta’lim olishi, yashash sharoitlarini yaxshilash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyat yaratishi hech shubhasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.