logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Webometrics reytingida O‘zbekistonning 172ta OTMlari ichida Toshkent davlat agrar universiteti eng kuchli TOP-15talik universitetlar qatorida munosib o’rinni egalladi

view 120

Xalqaro Webometrics Ranking of World Universities natijalariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 32 000 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonning 172 universiteti baholandi. Ushbu nufuzli baholashda Toshkent davlat agrar universiteti (TDAU) mamlakatning eng kuchli 15 universiteti qatorida munosib o‘rinni egalladi.
Bu natija nafaqat universitet jamoasi uchun, balki butun O‘zbekiston agrar ta’limi va ilmiy hamjamiyati uchun katta sharaf hisoblanadi.

Webometrics reytingi mezonlari Dunyo miqyosida e’tirof etilgan mazkur reyting universitetlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi; global ko‘rinish va raqamli faoliyat darajasi, ochiq ma’lumotlar va ilmiy natijalarning shaffofligi, nashr etilgan maqolalarning sifati va iqtiboslar soni, xalqaro akademik ta’sir va nufuz. TDAU innovatsiyalar, xalqaro sheriklik va agrar fanlarni barqaror rivojlantirish strategiyasini izchil davom ettirib, O‘zbekistonning dunyo ta’lim makonidagi nufuzini yanada mustahkamlab boradi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.