Ayni daqiqalarda Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 1-sonli yig‘ilishi boshlandi. Majlisda universitet faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda. Kun tartibidagi quyidagi: Prezident Shavkat Mirziyoyevning 8-avgust kuni oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida, Toshkent davlat agrar universitetida 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida, Universitet Kengashining 2025/2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasini va Kengash a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida, Toshkent davlat agrar universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘quv me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash, Key Performance Indicator (KPI) tizimi bo‘yicha 35 balldan past to‘plagan professor-o‘qituvchilar to‘g‘risida va turli masalalar muhokama qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:



