logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid yo’nalish bo’lib, u davlat, tabiatni muhofaza qilish va o’rmon xo’jaligi qo’mitalari ishlab chiqarish tarmoqlari, qishloq xo’jaligi turli soha va tarmoqlarini boshqarish, yer, suv, iqlim, mineral va biologik resurslarining inson tomonidan o’zlashtirilishi, ya’ni hayvonot olami va o’simliklar dunyosidan foydalanishda tabiatning ifloslanishi, tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, tabiatni muhofaza qilishda halqaro xamkorlik masalalari, kasbiy faoliyatida atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari majmuini o’z ichiga oladi.

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Umumiy ma'lumot

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
  • Yo'nalish kodi
    60520100
  • O'qish davomiyligi
    4 yil
  • Davlat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Kasbiy va jamoat akkreditatsiyasi
    Mavjud
  • Ta'lim shakli
    Kunduzgi
  • Ta'lim darajasi
    Bakalavr

Asosiy fanlar

  • Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
  • Ekologik ekspertiza
  • Ijtimoiy ekologiya
  • Biogeografiya
  • Ekologiya asoslari
  • Hozirgi zamonning ekologik muammolari
  • Barqaror rivojlanish asoslari
  • Gidroekologiya va geoekologiya
  • Ekologik monitoring
  • Chiqindilarni boshqarish
  • Shahar va sanoat ekologiyasi
  • O‘simliklar ekofiziologiyasi
  • Atrof-muhitga ta’sirini baholash
  • Atrof-muhitga bioindikatsiyasi
  • Bioekologiya
1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.