logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAUda “QALQON” guruhi: talaba xavfsizligi va osoyishtaligi yo‘lida yangi bosqich

view 126

Toshkent davlat agrar universitetida 2025–2026 o‘quv yili doirasida talabalarning osoyishta va xavfsiz hayotini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “QALQON” jamoatchilik guruhi ish boshladi. Guruh muntazam tungi profilaktik reydlar o‘tkazib, tushuntirish va tarbiyaviy suhbatlar orqali tartib-intizomni mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda. Jarayonlarda yoshlar yetakchisi S.Muhammadaminov hamda “Harbiy vatanparvarlik loyihalari” koordinatori, guruh rahbari I.Murodullayev jamoa a’zolariga zarur ko‘rsatmalar berib, intizomning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar o‘tkazdilar. “QALQON” – bu nafaqat jamoa, balki xavfsizlik, mas’uliyat va fidoyilik timsoli. Ularning sa’y-harakatlari tufayli universitet hududida osoyishtalik va tinchlik yanada mustahkamlanmoqda, talabalarga o‘z bilim va iqtidorlarini yanada erkin rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratilmoqda.

Hurmatli talabalar! Siz ham “QALQON” bilan birga bo‘ling, tartib va osoyishtalikni birgalikda ta’minlash – barchamizning vazifamiz!

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.