Dorivorligi: Tukli erva (Aerva lanata (L.) Juss. ex Schult.) xalq tabobatida qadimdan buyrak va peshob yo‘llari kasalliklarida samarali vosita sifatida qo‘llanilgan. O‘simlik kuchli peshob haydovchi xususiyatga ega bo‘lib, organizmdan ortiqcha tuz va suyuqliklarni chiqarishga yordam beradi. Shuningdek, u safro haydovchi, spazmolitik, og‘riqni kamaytiruvchi va yallig‘lanishga qarshi tabiiy vosita hisoblanadi.O‘simlik xom ashyosi peshob-tosh kasalligi, pielonefrit, peshob yo‘llari yallig‘lanishi, siydik qopi spazmi, surunkali gastrit va jigar-safro yo‘llari bilan bog‘liq muammolarda keng qo‘llanadi. Ushbu o‘simlik xom ashyosining tarkibidagi alkaloidlar (indol unumi alkaloidlari: ervin , metilervin , ervosid , ervolanin , feruloylamid), fenol kislotalar, flavonoidlar (tilozid) atsilglikozidlar, kumarinlar (tilirosid, ervitrin), tripentinlar , lupeol va olean kislota mavjud bo‘lib, ular buyraklarda hosil bo‘lgan mayda toshlarni maydalab, peshob bilan chiqarilishiga yordam beradi.Ilmiy nomi: Tukli erva (Aerva lanata (L.) Juss. ex Schult.) xalq tilida “Tukli erva”, “Pol pola” “Shoxsimon Erva” deb ataladi. Xom ashyosi: O‘simlikning yer ustki qismi – Herba Aervae lanatae. Shifobaxsh xususiyatlari:
Kuchli peshob haydovchi xususiyatga ega;
Buyrak va peshob yo‘llaridagi yallig‘lanish belgilarini kamaytiradi;
Buyrak-tosh kasalligida mayda toshlarni tana chiqishiga ko‘maklashadi;O‘t-safro yo‘llaridagi muammolarda safro ajralishini yaxshilaydi;
“Surunkali gastrit” da me’da mushaklari “Spazm”ni bartaraf etadi;
Tana shishini kamaytirib, suyuqlik almashinuvini me’yorga keltiradi;
Qon bosimini biroz pasaytiruvchi va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qanday ishlatiladi: O‘simlikni yer ustki qismi fitochoy sifatida iste’mol qilinadi; Damlama holida (buyrak, peshob yo‘li va jigar kasalliklarida) iste’mol qilinadi; Fitomahsulotlar sifatida biologik faol qo‘shimchalar tarkibiga qo‘shiladi; Xalq taboatida ovqat hazm qilishni yaxshilash maqsadlarda ishlatiladi.Eslatma:Tukli erva kuchli peshob haydovchi xususiyatga ega bo‘lgani sababli uni uzoq muddat va me’yordan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi; Homilador ayollar va emizikli onalar faqat shifokor nazorati ostida iste’mol qilishlari shart;
Gipotaniyaga (past qon bosim) moyil insonlar ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari kerak. Allergiyaga moyil insonlar hamda 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. TDAU "Dorivor o'simliklar" kafedrasi dotsenti V.T. Qaysarov, Tayanch doktorant M.D. Dustiyorov
Ijtimoiy tarmoqlar:

