logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Yashil fan va innovatsiyalar kuni” munosabati bilan forum bo‘lib o‘tdi

view 201

Yashil fan va innovatsiyalar” – kelajak avlod uchun sog‘lom muhit va barqaror taraqqiyot poydevori! Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO),Toshkent davlat agrar universiteti hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda nafaqat respublika miqyosida, balki xalqaro darajada ham dolzarb bo‘lgan mavzular muhokama qilindi. Forum ishtirokchilari ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligida ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Forumda vazirlik vakillari, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, TDAU professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida yashil iqtisodiyot rivoji, barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlari, innovatsion ilmiy yondashuvlar hamda ekologik muammolarga amaliy yechimlar masalalari muhokama qilindi. Forum doirasida o‘tkazilgan qiziqarli viktorinada yosh olim va professor-o‘qituvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Natijalar quyidagicha bo‘ldi: Sabzavotchilik ixtisosligi 1-bosqich tayanch doktoranti J. Rajabov – 1-o‘rin; O‘simliklarni himoya qilish ixtisosligi 3-bosqich doktoranti I. Saidov – 2-o‘rin; O‘simliklarni himoya qilish fakulteti professori N. Raupova – 3-o‘rin

adbir davomida yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalari bilan bo‘lishib, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida takliflar bildirishdi. Forum yakunida ta’kidlanganidek, yoshlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va zamonaviy texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish O‘zbekistonning barqaror taraqqiyotida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.