Toshkent davlat agrar universitetiga Isroil davlatining Yerusalem shahridagi Hebrew Universiteti ARO, Volcani Institute professori Saroker Victoria, Rossiya Federatsiyasining Kirov shahridagi N.V. Rudnitskiy nomidagi Shimoliy-Sharqiy Federal qishloq xoʻjaligi tadqiqot markazi professori Brandorf Anna hamda Qozogʻiston Respublikasining Chorvachilik va ozuqa ishlab chiqarish ilmiy-tadqiqot instituti professori Shatskix Evgeniy tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitetlar oʻrtasida memorandum imzolash, asalarichilik sohasida xalqaro loyihani amalga oshirish, shuningdek, talabalar almashinuvi hamda qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


