logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida 1-bosqich talabalari ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

view 117

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uni universitet birinchi prorektori J. Lapasov ochib berdi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Toshkent viloyati bosh mutaxassisi D. Maxmudov talabalarga turli yot oqimlarning zararli ta’siri, ularning asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali yoyilayotgani haqida ma’lumot berdi. Tadbirda 500 nafardan ortiq talabalar faol qatnashdi. Uchrashuv davomida Moturidiy ta’limoti yuzasidan tushunchalar berildi hamda talabalarga “Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyish etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.