logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti 15-talabalar turar joyida maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Lapasov boshchiligida navbatdagi yig‘ilish boʻlib oʻtdi.

view 153

Unda profilaktika inspektori, talabalar shaharchasi direksiyasi, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boshqarmasi, registrator ofisi bo‘limi, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tarbiyachi-pedagoglar, TTJ mudirlari, talabalar kengashi raislari hamda qavat sardorlari ishtirok etdilar. Yigʻilish davomida talabalarga talabalar turar joyining ichki tartib-qoidalari haqida batafsil maʼlumot berildi. Xususan, TTJ jihozlaridan oqilona va to‘g‘ri foydalanish, yotoqxonada tartib-intizom hamda tozalikni saqlash, o‘zaro hurmat va do‘stona muhitni mustahkamlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Besh muhim tashabbus” doirasida sport musobaqalari, ma'daniy-maʼrifiy tadbirlar va kitobxonlik kechalarini tashkil etish bo‘yicha gaplashildi. Bu tashabbuslar yoshlarning faolligini oshirish, ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Qavat sardorlari va talabalar turar joyi kengashi raislarini funksional vazifalari eslatib oʻtildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.