logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida qishloq xo‘jaligi tarixi va innovatsiyalar muzeyi tashkil etiladi

view 148

Dastlab delegatsiya a’zolari Toshkent davlat agrar universitetining iqtidorli va iste’dodli talabalari tomonidan yaratilgan san’at asarlari namoyish etilgan “Art Galereya” ko‘rgazmasi bilan tanishdilar hamda mehmonlar o‘zining iliq fikr-mulohazalarini bildirishdi. Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi vakillari hamda Mannheim shahridagi mashhur Technoseum muzeyi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda universitet hududida qishloq xo‘jaligi va ilmiy merosga bag‘ishlangan muzey tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. Ushbu muzey universitetimizning 95 yillik yubileyi munosabati bilan 2025-yil noyabrida ochilishi rejalashtirilgan. Germaniyaning Technoseum muzeyi texnika va mehnat tarixini jonli tarzda namoyish etishi bilan mashhur. Unda sanoat rivojlanishi bilan bir qatorda, qishloq xo‘jaligidagi mexanizatsiya jarayonlari ham keng yoritilgan.

Toshkent davlat agrar universitetida barpo etiladigan yangi muzey esa O‘zbekiston agrar sohasining tarixiy bosqichlari, milliy dehqonchilik an’analari hamda zamonaviy innovatsiyalarni birlashtirib, yoshlar uchun ilmiy-ma’rifiy maskanga aylanishi hech shubhasiz.


Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.