Toshkent davlat agrar universitetida oliygoh rahbariyati Vengriya Milliy assambleyasi raisining o‘rinbosari, vitse-spiker janob Ishtvan Yakab boshchiligidagi yuqori martabali delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazilganligidan xabaringiz bor. Shuningdek, mehmonga O‘zbekiston Respublikasidagi Vengriya Favqulodda va Muxtor Elchisi Yojef Rojza hamrohlik qildi. Jarayon davomida janob Ishtvan Yakab universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari uchun mahorat darsi o‘tkazdi. O‘z chiqishida u ilg‘or bilim va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, Vengriyaning muvaffaqiyatli Master Good kompaniyasi faoliyati hamda agrar sohaga oid zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ma’lumot òrnida shuni aytish mumkinki, Vengriya parlamenti delegatsiyasi tarkibi Ishtvan YAKAB – vitse-spiker, delegatsiya rahbari, Peter SHARDI – tashqi ishlar bo‘yicha bosh maslahatchi, Erika KORODI – tarjimon, Emil BAKOSH – iqtisodiyot va ishlar bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari, Yudit TSAKO – Davlat xizmati departamenti rahbari, Kristina IMRENE XOROVITS – Ma’muriy departament rahbari, Laslo LISHOTSKI – Parlament gvardiyasi qo‘mondoni, Laslo POLYAK – parlament maslahatchisi hamda Vengriya elchixonasidan Akosh SABO – konsul, Marton KOVACH – iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, Yojef ROJZA – favqulodda va muxtor elchi ishtirok etdi.
Bundan foydali uchrashuvlar Toshkent davlat agrar universitetida agrar ta’lim va ilm-fanni xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, shuningdek, talabalar uchun yangi bilim ufqlarini ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



