logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida «Xon Atlas» oyligi doirasida chellenj o’tkazildi

view 119

Asrlar davomida xalqimizning yuragida asralib kelgan milliy liboslar — tariximiz, urf-odatlarimiz va nozik didimizning jonli ifodasidir. Shu bebaho merosni zamonaviy talqinlarda keng targʻib etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Xon Atlas” oyligi boshlandi.

Bu oy milliy liboslarimizning betakror jozibasi, rang-barangligi va nafisligini his etish, uni yanada ko‘z-ko‘z qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Goʻzal va latofatli talaba-qizlarimizni ushbu oylikda faol ishtirok etib, milliylikning ma’naviy sehrini, “Xon Atlas”ning beqiyos goʻzalligini namoyon etishga chorlaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.