Muloqot davomida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi. Rektor kutubxonani nafaqat bilim manbai, balki yoshlarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va tashabbuskorlik qobiliyatini shakllantiruvchi muhim maskan sifatida alohida ta’kidladi. Shuningdek, talabalarga muntazam kitob o‘qish, xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol bo‘lish va yangilik yaratishga intilish zarurligini ta’kidladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



