Mazkur intellektual bellashuvda Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va harbiy muassasalardan jami 15 ta jamoa faol ishtirok etdi. Universitetimizdan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faol talabalaridan shakllangan “Agrounion” jamoasi ham ushbu nufuzli musobaqada munosib ishtirok etdi.
Intellektual bellashuv yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin — “Favorit” jamoasi
2-o‘rin — “Yosh bojxonachilar” jamoasi
3-o‘rin — “Medasmotr” jamoasi
Tadbir yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini oshirish, ularni erkin fikrlashga, jamoada ishlashga va Vatan ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga chorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



