Toshkent davlat agrar universitetining Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakultetida doktorantura va iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Durxodjayev, fakultet dekani K.Ruzmetov, shuningdek, universitet Yoshlar akademiyasi lideri S.Xojimurodov va fakultetning 100 dan ortiq iqtidorli talabalari ishtirokida "Motivatsion uchrashuv" bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomli hamda Davlat stipendiyalari, Toshkent davlat agrar universiteti ichki stipendiyalari tanlovlarining mazmun-mohiyati va ularning afzalliklari, Ilmiy-ijodiy va startap loyihalar, turli tanlovlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari, Yoshlar akademiyasi faoliyati va uning talabalarga taqdim etadigan keng imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur uchrashuv iqtidorli talabalarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, ularni yangi marralarni zabt etishga chorlash, hamda stipendiya va tanlovlarda faol ishtirok etishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

