logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan seminar–konsultativ kengashda ishtirok etdi.

view 195

Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Toshkent shahridagi «Panarams” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan seminar–konsultativ kengashda faol ishtirok etdilar.
Tadbir Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Xalqaro savdo markazi (MTS) hamkorligida, Standards and Trade Development Facility (STDF) tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida tashkil etildi.

Yig‘ilishda milliy manfaatdor tomonlar va xalqaro ekspertlar, jumladan Anna Vasilenko ishtirok etib, Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonunni samarali ijro etish uchun texnik yordamning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, qonunchilikni amaliyotga tatbiq etish, davlat va biznes tuzilmalari hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.