Toshkent davlat agrar universiteti vakillari Xitoy Xalqaro tijorat mansabdor shaxslarini tayyorlash instituti, Savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi axborot instituti hamda Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan “O‘rta Osiyoda paxta ishlab chiqarishni boshqarish” mavzusidagi o‘quv kurslarida faol ishtirok etmoqda. Mazkur o‘quv dasturida gidroponika usulida ekin yetishtirish, g‘o‘za agrotexnikasi, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari, tuproq unumdorligini oshirish kabi dolzarb mavzular nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilmoqda.
Malumot òrnida ushbu mashg‘ulotlar Xitoyning Changji shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:


