Bugun Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 3-sonli yig‘ilishi o’tkazilib, unda ta’lim va ilm-fan sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-sentyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar hamda Bo‘stonliq tumanida suv va muhofaza qilinadigan hududlar bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdagi masalalar yuzasidan universitet rektori N. Oblomuradov kengash a’zolariga ma’lumot berdi. Shuningdek, universitetda “Dolzarb qirq kunlik” e’lon qilinib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, talabalar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qator tashabbuslar belgilab olindi. Ilmiy kengash yig‘ilishi avvalida ilmiy unvon olgan va yutuqlari bilan universitet obro‘sini oshirib kelayotgan bir qator professor-o‘qituvchilar, shuningdek, ichki stipendiya tanlovi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi.
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetda faol mehnat qilayotgan, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan ustozlar Qishloq xo‘jaligi vazirining faxriy yorlig‘i, rektor tashakkurnomasi hamda maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.Barcha ustozlarimizni bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Bayramona ruhni yanada ko‘tarish maqsadida kuy-qo‘shiqlar yangradi, talabalar va professor-o‘qituvchilar birgalikda quvonchli onlar baham ko‘rishdi. Tadbirga “Bo’ston” ashula va raqs ansamblining chiqishlari ham o‘ziga xos fayz bag‘ishladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




