Universitetimiz atrofida lavanda o‘simligi ekilmoqda. Bu tashabbus nafaqat hududni yanada chiroyli va jozibador ko‘rinishga olib keladi, balki ekologik muhitni yaxshilash, talabalarga amaliy tajriba maydonini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Lavanda — quyoshsevar, xushbo‘y hamda dorivor xususiyatlarga ega o‘simlik. Yozda butunlay gullab, kampusga alohida tarovat bag‘ishlaydi. Kelgusida bu yer nafaqat ilmiy-amaliy ishlar uchun, balki talabalar va mehmonlar uchun ham dam olish va zavq olish maskaniga aylanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


