logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Yoshlarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kafolatlari” mavzusida “Ombudsman maktabi” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

view 122

Uchrashuvni universitet birinchi prorektori J.O. Lapasov ochib berdi. Tadbirda Oliy Majlis Ombudsmanining o‘rinbosari B. Narimanov, Senat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S. Abdikarimova, Yoshlar parlamenti raisi L. Aslanova, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari N. G'iyasova va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tashabbuskor va bilimli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning jamiyat hayotidagi o‘rni yanada mustahkamlanib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.