logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida «Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida ijara xonadonlari sharoitlari o‘rganilmoqda

view 171

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 32/21-QQ-sonli qo‘shma qarori ilovasi bilan tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida har yili 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Oliy ta’lim muassasalarida “Talabalar xavfsizligi” oyligi o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu oylik doirasida Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori J. Lapasov hamda bir guruh masʼullar tomonidan ijara honadonlari va talabalar turar joylari koʻzdan kechirildi.

Jarayon davomida turar joylarning umumiy holati, tozalik va gigiyena talablari, talabalarga yaratilgan yashash sharoitlari, ichki tartib-qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, badiiy va ma’naviy-ma’rifiy kitoblar bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.O‘rganish davomida ijara xonadon egalari va talabalar bilan suhbatlashildi. Va ijara xonadonining gigiyena talablari, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, shuningdek, talabalarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.