Maqom san’atining jozibasi, milliy kuy va qo‘shiqlar uyg‘unligi tomoshabinlarga ezgulik va iftixor tuyg‘ularini baxsh etdi. Konsert davomida “Ilmi sulton”, “Uch gulistondan salom”, “Naqshi post”, “Universitet”, “Murabbiy ustoz” kabi asarlar mahoratli ijrochilar tomonidan jonli ijro etildi.
Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xorijiy mehmonlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, “Bo'ston” ashula va raqs ansambli a’zo
lari ham ijrochilar bilan birgalikda maqom yo‘llarini ijro etib, barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




