Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari K. G‘iyasov va Z. Mirvaliyevlar tomonidan Zooinjeneriya fakultetining Suv bioresurslari va akvakultura yo‘nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg‘uloti ko‘rgazmali tarzda o‘tkazildi.
Mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akad. O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo institutida tashkil etilib, talabalar dars davomida ilmiy laboratoriyalar faoliyati, zamonaviy tahlil uskunalari va bioorganik jarayonlarni amaliy o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


