logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Xandon pista — barqaror hosil beruvchi, qimmatli va foydali daraxt turi

view 163

Xandon pista – ko‘p yillik, uzoq umr ko‘ruvchi, sug‘orilmaydigan, quruq va toshli yerlarda ham yaxshi o‘sa oladigan daraxt. Undan olinadigan pista mevalari ta’mi shirin, to‘yimli va inson salomatligi uchun foydalidir. Pista ko‘proq issiq, quyoshli, yozi uzoq davom etadigan hududlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi. Daraxtning ildizi 10–12 m chuqurlikkacha boradi, shu sababli namlikni yerning pastki qatlamlaridan olib, qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib o‘sadi. Xandon pistanning mevasi o‘ziga xos yorqin ta’mga ega bo‘lib, quruq meva sifatida iste’mol qilinadi, oziq-ovqat, qandolatchilik va turli milliy taomlarda ko‘p qo‘llaniladi. Pista daraxti tuproq eroziyasining oldini olishda ham foydalidir. Xandon pistani urug‘idan ekish eng oddiy va arzon usul hisoblanadi. Urug‘lar avval tozalanadi va bir muddat suvda yoki nam qumda stratifikatsiya qilinadi. Tayyor bo‘lgan urug‘lar bahorda doimiy o‘sish joyiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekiladi. Dastlabki yillarda pistalarning ildizi juda chuqur (1,5–3 m) o‘sishi sababli ko‘chatlarini ko‘chirib ekib bo‘lmaydi. Shu boisdan so‘nggi yillarda pista ko‘chatlarini konteynerlarda yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Pistalarning 3–5 yoshli ko‘chatlari yirik mevali navlarga payvand qilinadi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan va samarali usul — kurtak payvand usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida ona navning xossalari saqlanadi va daraxt tez hosilga kiradi. Payvandlash, asosan, yoz oylarida amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.