O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Yangi O‘zbekiston” va “Правда востока” gazetalari tahririyati bosh muharriri Salim Doniyorovning “Yangi O‘zbekiston orzusi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat va jamoat arboblari, ziyolilar, talaba yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Jurnalist Salim Doniyorovning kitobi zamon talabiga javob beruvchi maqolalar, suhbatlar va tahliliy materiallarni o‘zida jamlagani bilan diqqatga sazovordir.
Tadbirda Toshkent davlat agrar universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Sayyora Xalmirzayeva va “Ijtimoiy gumanitar fanlari” kafedrasi mudiri Oybek Ostonovlar ham ishtirok etdilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


