logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi munosabati bilan Xitoyning Northwest A&F University delegatsiyasi mehmon bo‘ldi

view 216

Universitetimizning 95 yilligi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasining Northwest A&F University delegatsiyasi, jumladan, prorektor Ma Chang hamda Til va madaniyat maktabi partiya qo‘mitasi kotibi Pan Rui Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti hamkorligida tashkil etilgan Qo‘shma ta’lim dasturlari uchun yangi o‘quv binosi bilan tanishdilar.

Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Rahbariyat a’zolari tomonidan ma’ruzalar qilinib, talabalar ishtirokida qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.