Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligi doirasida biotexnologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar uchun mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir mehmoni — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Qahramon Davronov Davronovich bo‘ldi. Uchrashuv davomida biotexnologiya sohasining rivojlanish istiqbollari, ilmiy-tadqiqot samaradorligini oshirish masalalari, yosh olimlar uchun mavjud imkoniyatlar hamda zamonaviy ilm-fan talablariga oid mavzular keng muhokama qilindi.
Akademik Q.D. Davronov oʻz ma'ruzasida biotexnologiyaning sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, farmatsiya va oziq-ovqat xavfsizligidagi ahamiyati ortib borayotgani, gen muhandisligi, bioprossessorlar va mikrobiologik sintez yo‘nalishlarida olib borilayotgan yangi ilmiy izlanishlar haqida ta'kidlab oʻtdi
Ijtimoiy tarmoqlar:
