logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.

view 148

Ushbu sana doirasida fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda talabalar o‘rtasida bilimga undovchi zakovatlar tashkil etildi. Tadbirlarda talabalar bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etib, Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, uning ramziy ma’nosi va yoshlar ongida milliy g‘ururni shakllantirishdagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirlar davomida yoshlarda Vatanga sadoqat, davlat ramzlariga hurmat va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

Bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tib, talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat va iftixor tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.