logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Giyohvandlik moddalarining, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi hamda diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolish holatlarini oldini olish” mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

view 309

Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov kirish so‘zi bilan ochib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ma’rifiy ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik D. Ixvoldinov tomonidan ma’ruza qilindi. U o‘z chiqishida: “Oldimizda ikki yo‘l bor — biri ma’rifat, biri jaholat. To‘g‘ri yo‘lni tanlash esa har bir insonning o‘ziga bog‘liq”, deya ta’kidladi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi, diniy-ekstremistik oqimlarga aldanib kirib qolishning oqibatlari, bu jarayonlarning jamiyat va shaxs hayotiga yetkazadigan zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumot berildi. Ularning salbiy oqibatlari real hayot misollarida yoritilgan videoroliklar namoyishi orqali yanada tushunarli tarzda bayon etildi. Shuningdek, bu kabi noqonuniy harakatlar uchun belgilangan jinoiy javobgarliklar ham atroflicha tushuntirib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.