Zootexniya fakulteti “Ipakchilik va tutchilik” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Samatova tashabbusi bilan “Tutni sevalik — tabiatni asraylik” mavzusida o‘quv-ma’naviy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Ipakchilik yo‘nalishi 24-80 guruh talabalari faol ishtirok etishdi. Seminar davomida talabalarning o‘zlari tayyorlagan. Tutning shifobaxsh xususiyatlariga bag‘ishlangan ma’lumotlar, she’rlar, qiziqarli savol-javoblar va viktorinalar taqdim etildi. Tadbirga maxsus mehmon sifatida Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti G.Jo‘rayeva hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti dotsenti R.Norboboyeva tashrif buyurishdi.
Mehmonlar seminar davomida taqdim etilgan g‘oyalar va ma’lumotlar ular uchun ham qiziqarli yangilik bo‘lganini ta’kidlab, tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdilar hamda universitetimizning 95 yilligi bilan yana bir bor tabriklashdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

