logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti vakili Xitoyda xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etdi

view 214

Universitetimiz Xitoyning Qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik fanlari akademiyasi (Pekin) bilan samarali ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mazkur hamkorlik doirasida turli yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi kafedrasi dotsenti, q.x.f.d. Xudayberdi Nazarov joriy yilning 15–22 noyabr kunlari Pekinda “Bug‘doy duragaylarini yaratishda yangi uslublar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Seminar davomida ilg‘or ilmiy yondashuvlar, yangi texnologiyalar va amaliy tajribalar taqdim etildi. Olingan bilimlar talabalarning ta’lim jarayonini boyitishga va xalqaro loyihalarni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.