logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Talabalar turar joylarida qulay sharoitlar – doimiy e’tiborda!

view 195

Toshkent davlat agrar universitetining 15-talabalar turar joyida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J.Lapasov boshchiligida yotoqxona ichki sharoitlari, xonalar, sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar joyiga borib o‘rganildi. Shuningdek, yotoqxona hududida xavfsizlik, tozalik, maishiy xizmatlar faoliyati, umumiy foydalanish xonalari va dars tayyorlash uchun ajratilgan joylarning holati ham ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida talabalar turar joylari mas’ullari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, tarbiyachi-pedagoglar, talabalar turar joyi mudirlari ishtirokida yig'ilish ham bo'lib o'tdi. Yig‘ilish davomida Qish mavsumiga tayyorgarlik, isitish tizimlarini sozlash hamda talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlarni takomillashtirish, ularning farovon yashashini ta’minlash bo‘yicha bir qator topshiriq va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.