Tadbir davomida Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professori N.T. Xakimova mazkur asarning yaratilish tarixi, unda keltirilgan tarixiy manbalar, agrar ta’limning rivojlanishi hamda universitetning mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘rni haqida batafsil ma’ruza qildi. Shuningdek, kafedra assistenti D.D. Qodirova talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borib, kitobning yoshlar uchun ahamiyati, unda aks etgan ilmiy va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish zarurligini alohida ta’kidladi. Tadbir jarayonida talabalar kitobning mazmuni, undagi tarixiy voqealar hamda universitet taraqqiyotining asosiy bosqichlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
“Zamin bilan tutash taqdirlar” asari Toshkent davlat agrar universitetining boy tarixini yoritish bilan birga, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilm-fanini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




