logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida “Mo‘jizaviy fizika” tanlovi bo‘lib o‘tdi

view 123

Toshkent davlat agrar universiteti Oliy matematika kafedrasida talabalarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni amaliy tajribalar orqali mustaqil fikrlashga yo‘naltirish hamda ilmiy izlanishlarga jalb etish maqsadida “Mo‘jizaviy fizika” tanlovi tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar fizika fanining turli yo‘nalishlariga oid maxsus tayyorlangan qurilmalar, tajriba modellar va o‘zlariga tegishli ilmiy ishlanmalarni namoyish etdilar. Jumladan, mexanika, optika, elektrodinamika, energiya samaradorligi hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan loyihalar o‘quv jarayonida o‘z aksini topadigan fundamental qonuniyatlarni amaliy jihatdan yoritib berdi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan har bir loyiha atroflicha ko‘rib chiqilib, talabalarning ilmiy yondashuvi, tajribalarni taqdim etish madaniyati, texnik yechimlar sifati va yangilik joriy etish ko‘nikmalari e’tirof etildi. Eng yaxshi loyihalar tanlov yakunida alohida taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.