logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik, Agromuhandislik va agrotexnologiyalar fakultetlari talabalari bilan birgalikda “Kelajak soati” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Maʼrifat darsi” “Mening huquqlarim” mavzusida o‘tkazildi. Darsni Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J. Lapasov olib bordi

view 153

Maʼrifat darsining asosiy maqsadi — talabalarga zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari va oldini olish choralari haqida kengroq tasavvur berish, ularda ongli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, madaniyatli muloqot va tinchlikparvarlik kabi qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Dars davomida zo‘ravonlikning turlari, ulardan himoyalanish yo‘llari hamda zarur hollarda kimlarga murojaat qilish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mashg‘ulot videolavhalar, interaktiv metodlar va savol-javoblar asosida olib borildi. Talabalar o‘z fikrlarini erkin bildirgan holda, zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.