Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari olima ayollari o‘rtasida tashkil etilgan “Oltin kuz” ko‘rik-tanlovi 2025-yil 9-dekabr kuni muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mazkur tanlov innovatsion yondashuv va ilmiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq etayotgan ilg‘or olima ayollarni aniqlash va rag‘batlantirishga qaratildi. Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu nufuzli tanlovda Toshkent davlat agrar universitetidan 6 nafar olima faol qatnashib, “Oltin kuz” medali bilan taqdirlandi.
Tadbirda ekspert sifatida Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi G. Shodmonova, shuningdek, “Agronomiya va agrotexnologiyalar” kafedrasi dotsenti G. Abdavalova hakamlik qilishdi. Ishtirokchi sifatida esa Professor-o‘qituvchilar G.Erdanova, N.Irismerova, S.Mamadaliyevalar, magistrlar N.Mirzaaxmedova, F.Nurmetovalar, bakalavrlar F.Iksanova ishtirok etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

