15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Toshkent davlat agrar universitetida navbatdagi ma’rifiy seminar tashkil etildi. Tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli ma’lumotlar berildi. Seminar Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i I. Baxronov boshchiligida, Fuqaro muhofazasi instituti dotsenti E. Aripov hamda katta o‘qituvchi M. Tinibekov ishtirokida o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, binolardan xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, seminar davomida real hayotiy misollar, statistik ma’lumotlar va o‘t o‘chiruvchilar tajribasidan olingan tavsiyalar orqali ishtirokchilarning masalaga bo‘lgan e’tibori yanada kuchaytirildi. Tadbirda 100 nafardan ortiq talaba hamda universitetning ishchi-xodimlari faol qatnashib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


