Toshkent viloyati Yoshlar akademiyasi liderlari seminari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar akademiyasi lideri S. Xojimurodov ham ushbu seminarda ishtirok etdi. Seminarda Toshkent viloyatidagi Yoshlar akademiyasi liderlari tomonidan yoshlarning ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishi, ularning faolligini oshirish hamda jamiyatda yetakchi o‘rin tutishga tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarining ilg‘or tajribalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusida yoshlar bilan bog‘liq yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirish yo‘llarini belgilab oldilar.
Tadbir davomida Yoshlar akademiyasi liderlari o‘rtasida samimiy muloqot va o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari shakllandi. Bu esa Toshkent viloyatidagi yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:

