Zooinjeneriya fakulteti Veterinariya meditsinasi kafedrasi assistenti Z. Xolmirzayev tomonidan 4-bosqich 22–128-guruh talabalari ishtirokida “Veterinariya epizootologiyasi” fanidan amaliy dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talabalar qishloq xo‘jaligi hayvonlariga tashxis qo‘yish, kasalliklarni aniqlash, ularning oldini olish va davolash bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Amaliy dars Toshkent davlat agrar universitetining tajriba xo‘jaligida tashkil etilib, unda hayvonlarda oqsil kasalligini aniqlash va davolash bosqichlari ustoz tomonidan aniq misollar va tushuntirishlar asosida yoritib berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Ijtimoiy tarmoqlar:


