Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi fakultet koordinatorlari Qibray tumanida joylashgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga borib kòrishdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad markaz faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.
Jarayon davomida markaz mutaxassislari tomonidan “Inson” markazining asosiy vazifalari, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar bilan ishlash tizimi hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

