logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti faoliyati hamda ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Yangi O‘zbekiston agrar ta’lim tizimida yangi imkoniyatlar” mavzusida fakultet kuni tashkil etildi.

view 376

Mazkur tadbirda universitet rektori N.Oblomuradov boshchiligida, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Universitet rektori zamonaviy laboratoriyalar va xalqaro hamkorliklar ta’lim sifati hamda talabalar bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, agrar soha uchun raqobatbardosh, ilmiy fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlash ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. Fakultet kirish qismida zamonaviy uslubda tashkil etilgan tuproq eksponatlaridan iborat ko‘rgazmali burchak seminar ishtirokchilarining alohida e’tiborini tortdi. Unda cho‘l, tog‘ oldi hamda tog‘ mintaqalariga xos tuproq 22 xil tipdagi tuproq namunalari namoyish etilib, ularning xilma-xilligi va ilmiy-amaliy ahamiyati yaqqol aks ettirildi. Jarayon doirasida Janubiy Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda, “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi muhitini yaxshilash va professional kadrlar tayyorlash” loyihasi asosida tashkil etilgan zamonaviy ilmiy laboratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shundan so‘ng, fakultetda tashkil etilgan O‘zbekiston–Xitoy tuproq, o‘simlik va o‘g‘itlar tahlili laboratoriyasi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, A. Rasulov nomidagi o‘quv-amaliyot xonasida namoyish etilgan turli hududlardan olingan tuproq namunalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Seminar davomida O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish laboratoriyasi faoliyati bilan ham tanishilib, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan ilmiy tadqiqotlar sifati va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

Ta’kidlash joizki, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti bugungi kunda respublika agrar sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro standartlar asosida olib borish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasida izchil faoliyat yuritmoqda. Mazkur seminar agrar ta’lim va ilm-fan integratsiyasini yanada mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyotida agrar sohaning o‘rni va salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingv

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.