logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Aniq va samarali rejalar orqali yil davomida o’z maqsadlaringizga erishing. Mana sizga bir nechta yoʻllari

view 272

O'tgan yilni tahlil qiling, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarga barham bering: O’tgan yilni baholash: Nima yaxshi bo’ldi, nima yo’qoldi? O’zingizni qanday rivojlantirdingiz?
Zaif tomonlaringizni aniqlang va ularga e’tibor bering.
Aniq maqsadlar qo‘ying: SMART (Specific, Measurable, Achievable, Relevant, Time-bound) prinsipiga asoslangan aniq maqsadlar qo’ying. Masalan, “Yil oxiriga qadar ingliz tilidan C1 darajasiga o’tish.” Har bir maqsadni kichik vazifalarga bo’ling.
Vaqtni boshqaring: Kunlik, haftalik va oylik reja tuzing.
Har bir vazifani belgilangan vaqt ichida bajarish uchun o’zgaruvchan rejalar va muqobil yo’llarni tayyorlang.
Ishlarni ustuvorlikka qarab tartiblang, eng muhimlariga ko'proq e’tibor qarating.
Rivojlaning va o’qing: Har oyda bir yangi kitob yoki onlayn kursni tamomlashga intiling. Yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, o‘zgarishlarga ochiq bo‘lish.Salomatlik va hayot sifatini yaxshilang:
Jismoniy faollikni kundalik hayotingizga kiritishga harakat qiling.
Sog’lom ovqatlanish va yaxshi uyquni ta’minlash uchun rejalar tuzing.
Moliyaviy reja tuzing: Oylik byudjetni tuzing va daromadlar bilan xarajatlarni boshqaring. Yil oxirigacha maqsadli jamg‘armalar yoki investitsiyalarni rejalashtiring (kichik bo'lsa ham).
Maqsadlarni tahlil qiling va moslashtiring:
Oylik yoki choraklik tahlilni amalga oshirib, o‘z rejalaringizni qayta ko‘rib chiqing. Agar kerak bo‘lsa, strategiyani yangilang va o‘zgartiring, ammo harakatdan to'xtamang.
Motivatsiya va qo‘llab-quvvatlash:
O‘z maqsadlaringizga erishishda do’stlar yoki hamkorlardan yordam so’rang. Kichik muvaffaqiyatlarni nishonlab, o‘zingizni rag’batlantiring. Yilni samarali o’tkazish uchun reja tuzish faqat boshlanishdir!Muvaffaqiyatga erishish uchun unga amal qilish, doimiy ravishda o’zgarishlarga moslashish va natijalarni baholash muhim!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qingv

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.