logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Universitetimiz vakillari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Universitet xodimlarining raqamli salohiyatini oshirish va ta’lim” mavzusidagi bir haftalik xalqaro o‘quv-trening dasturida ishtirok etdilar.

view 13

Toshkent davlat agrar universitetining O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari S. Avazov, N. Xakimova, R. Sattarova va Z. Yuldashova Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Universitet xodimlarining raqamli salohiyatini oshirish va ta’lim” mavzusidagi bir haftalik xalqaro o‘quv-trening dasturida ishtirok etdilar.
Mazkur xalqaro trening dasturi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish hamda xalqaro tajriba almashinuvini kuchaytirishga qaratilgan.
Trening davomida ishtirokchilar raqamli ta’lim platformalaridan samarali foydalanish, innovatsion pedagogik yondashuvlar, masofaviy ta’lim imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar.

Ushbu xalqaro tajriba kelgusida Toshkent davlat agrar universitetida ta’lim sifatini oshirish, fan va innovatsiyalar integratsiyasini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.