logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universiteti Axborot-resurs markazida iqtisod fanlari doktori, akademik S. G‘ulyamov ishtirokida kitob taqdimoti hamda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

view 306

Mazkur tadbir doirasida akademik S. G‘ulyamov Toshkent davlat agrar universitetining 140-C sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun marketing fanidan ma’ruza o‘qidi. Ushbu ma’ruza professor-o‘qituvchilar uchun ilg‘or pedagogik tajribalarni namoyish etish, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot sifatida katta ahamiyat kasb etdi.

Tadbir davomida marketingning zamonaviy yondashuvlari, innovatsion usullari hamda ularni ta’lim jarayoniga joriy etish imkoniyatlari keng yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.