Tadbirni universitet rektori N. Oblomuradov ochib berib, o‘z nutqida bugungi talaba bilim, kitob va qalam bilan Vatanga xizmat qilishi, kelgusida esa yetuk rahbar va fidoyi mutaxassis sifatida yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi lozimligini ta’kidladi hamda barcha ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev so‘zga chiqib, ushbu sana jasorat, fidoyilik va vatanparvarlik timsoli ekanini alohida e’tirof etdi. Tadbir doirasida Toshkent davlat agrar universitetida faoliyat yuritayotgan baynalminal Afg‘on urushi qatnashchilari tantanali ravishda e’tirof etilib, munosib taqdirlandilar. Jumladan, universitet dotsenti I. Isroilov, elektromontyor T. Urazbayev, avtomatlashtirish telefon stansiyasi muhandisi Sh. Shoumarov, dotsent X. Nuraliyev, Agrologistika va biznes fakulteti dekani Q. Ruzmetov, qorovul X. Muldabayev, bosh yuriskonsult K. Jo‘rayev taqdirlandilar.
Tadbir davomida universitet Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan she’riy tabriklar taqdim etildi. Shundan so‘ng “Bo‘ston” ashula va raqs ansambli tomonidan bayramona konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir yakunida barchaning yuzida tabassum, qalblarda esa quvonch va faxr tuyg‘ulari mujassam edi. Bayram bayramdek o‘tdi — ko‘tarinki kayfiyat, samimiy muhit va unutilmas lahzalar bilan. Ishtirokchilar tomonidan “hali bunaqasi bo‘lmagan”, deya e’tirof etilgan ushbu tadbir barchaning xotirasida yorqin taassurot sifatida muhrlandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



