logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

view 107

Toshkent davlat agrar universitetida kelib chiqishi hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha sanitariya qoidalari va gigiyena normativlari (SanQvaN) loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vakolatli davlat organlari mutaxassislari, olimlar, tadbirkorlar hamda xalqaro ekspert Kornelis Sonneveld ishtirok etdi. Seminar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan ASK Facility dasturi doirasida tashkil etildi.

Muhokamalarda sut, go‘sht, baliq hamda tuxum mahsulotlari xavfsizligi, shuningdek GHP, GMP va HACCP tizimlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hujjat Codex Alimentarius va YI standartlariga mos ishlab chiqilgan.
Seminar yakunida bildirilgan takliflar asosida SanQvaN loyihasini takomillashtirish rejalashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.