logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Yangi agronom” tizimini joriy etish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

view 169

Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i T.Atakulov hamda Toshkent davlat agrar universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Boboyev boshchiligidagi universitet jamoasi Bo‘ka tumanida faoliyat yuritayotgan fermer va xo‘jaliklar faoliyatini o‘rganish maqsadida amaliy safar amalga oshirdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad agrar sohada dala va dehqonchilik madaniyatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish hamda ularni saqlash madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini yagona va uzviy tizim asosida tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Amaliy safar davomida “Yangi agronom” tizimi doirasida olib borilayotgan ishlar batafsil o‘rganildi. Ushbu tizim orqali yosh mutaxassislarni fermer xo‘jaliklariga biriktirish, ularning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti olimlari va mutaxassislari tomonidan fermer xo‘jaliklari vakillariga ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi, mavjud muammolar hamda ularning samarali yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.